O‘zbekiston Rossiyaga do‘st davlat deb tan olindi
Jamiyat
−
12 fevral 2023
23119O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga do‘stona davlatlar qatoriga kiritildi. Bu haqda Rossiyaga qo‘shni davlatlar aloqa rejimlarining do‘stona munosabati bo‘yicha yillik monitoring natijalarida aytilgan.
Tadqiqotlar 14 davlatda o‘tkazilib, ulardan sakkiztasi do‘stona, to‘rttasi esa ochiq dushmanlar toifasiga kiritilgan. Dushman davlatlar qatoriga Estoniya, Latviya, Litva va Ukraina kiritilgan. Gruziya va Moldova esa nisbatan do‘stona davlatlar ro‘yxatida qayd etilgan.
Belarus reytingning so‘zsiz yetakchisi bo‘lgan.
“Belarusdagi nodavlat notijorat tashkilotlar darajasidagi o‘zaro munosabatlar bundan mustasno, barcha aloqa turlari bo‘yicha ittifoq davlati tomonidan yuqori ball oldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston kabi do‘st davlatlar bilan aloqalar dinamikasi yaxshilangan.
Ammo Armaniston va Qozog‘iston "o‘zgaruvchan rejimlar" guruhiga kirgan. Bu davlatlar bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tarixi qayta ko‘rib chiqila boshlanadi va kommunikatsiyalarni rivojlantirish shartlari yomon tomonga o‘zgarishi mumkin.
Shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishdan bosh tortayotgani va iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirayotgani uchun Gruziya bilan munosabatlar yaxshilangani keltirilgan.
“Moldova esa aloqa sharoitlarining yomonlashuvi yo‘lidan bormoqda”, deyiladi tahlilda.
LiveBarchasi