O‘zbekiston rezidentlari uchun kripto-aktivlarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibi tasdiqlandi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga kiritish bo‘yicha asosiy talablar belgilangan. Qayd etilishicha,  ushbu jarayonlarga oid xizmatlar kripto-depozitariy tomonidan ko‘rsatiladi.

Shuningdek, quyidagi asosiy talablar belgilab qo‘yilgan:

•  emitentlar kripto-aktivlarni kripto-depozitariy yoki boshqa elektron platformalar orqali chiqarishlari mumkin;

•  emitent tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritish va ular bilan yopiq yoki ochiq savdolar amalga oshirilishi mumkin;

•  emitent tomonidan chiqariladigan kripto-aktivlarning nominal qiymati milliy valyutada ifodalanishi lozimligi;

•  kripto-aktivlar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish faqat kripto-depozitariy tomonidan amalga oshirilishi;

•  kripto-depozitariy kripto-aktivlarni chiqarish va chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi va boshqalar.

Bundan tashqari, mazkur hujjatga muvofiq O‘zbekiston hududida quyidagilar taqiqlanadi:

•  rezidentlar tomonidan chiqarish va kripto-depozitariy tomonidan ta’minlanmagan (ruxsat berish tokeni, chipta tokeni, vaucher-tokeni va boshqaruv-tokeni bundan mustasno) va barqaror tokenlarni chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazishni;

•  o‘z elektron platformasida chiqarilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan kripto-aktivlarning nomlanishi yoki ramzlarida “davlat”, “davlat tomonidan ta’minlangan”, “davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan”, “O‘zbekiston”, “o‘zbek”, “milliy”, “so‘m (UZS)” hamda O‘zbekiston shaharlarining nomlarini to‘liq yoki qisqartirilgan shaklda, ularning birliklaridan foydalangan holda, istalgan tilda va har qanday shaklda ishlatish va boshqa.

Shuningdek, mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing