Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi almashtirildi
Jamiyat
−
04 may 2019
7265Bugun 4 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarorni qabul qildi. Quyida qarorning toʻliq matni bilan tanishishingiz mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Abdullo Sadulloyevich Allayev oʻn yil muddatga
Karomatjon Xudayberganovna Davletova oʻn yil muddatga
Alisher Abduxalimovich Jalilov oʻn yil muddatga
Gulnora Axatovna Parpiyeva oʻn yil muddatga
Shuxrat Esanbayevich Rajabov oʻn yil muddatga
Sarvarbek Azimjonovich Raxmonov oʻn yil muddatga
Kamoliddin Sunnatovich Tollibayev oʻn yil muddatga
Anvar Xamidovich Shukurullayev muddatsiz davrga
Xasan Sunatillayevich Egamberdiyev mudda
Erkin Odilovich Ergashev oʻn yil muddatga
Maxmud Urazboyevich Eshimbetov oʻn yil muddatga
Xurshid Abduvaxobovich Eshmuratov oʻn yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.
2. Boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan:
Kudratillo Mirabdullayevich Babayev
Umidaxon Adxamovna Imomova
Zafar Safarboyevich Nazarov
Nodirjon Tursunboltayevich Rajabov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Toshkent shahri,
2019 yil 4 may
LiveBarchasi