O‘zbekiston razvedkasi rahbari Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha Pokistonga bordi – OAV
Olam
−
12 Sentabr 2021
52559Kecha, 11 sentyabr kuni Pokistonning Idoralararo razvedkasi bosh direktori Faiz Hamid Afg‘onistonga chegaradosh davlatlar razvedka xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazidi. Uchrashuvda “Tolibon” nazoratiga o‘tgan Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Geo News”.
Pokiston tashabbus bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Eron, Xitoy, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiya razvedka xizmatlari rahbarlari qatnashgan.
Razvedka xizmati rahbarlari Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha muloqot qilgan. Tomonlar mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida fikr almashgan.
Hind matbuoti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Pokiston tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Tojikiston razvedkasi rahbari ham qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilining 31 avgust kuni yakunlandi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar mamlakatni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.
Prezident Ashraf G‘ani boshliq AQSH etovidagi hukumat ag‘darildi. Prezident G‘ani mamlakatdan qochib ketdi. Hozirda Afg‘onistonda "Tolibon" bilan faqatgina Milliy qarshilik fronti kurashmoqda. Toliblar qarshilik kuchlarining markazi bo‘lgan Panjsher viloyatiga ham kirib borishdi.
Joriy yilning 7 sentyabr kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonni boshqaradigan vaqtinchalik hukumat tuzilganini e’lon qildi. Uning tarkibiga faqatgina "Tolibon" a’zolari kiritildi. Oradan ko‘p o‘tmay, toliblar Afg‘onistonning doimiy hukumatini shakllantirish uchun olti oydan keyin saylov o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
LiveBarchasi