O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan birinchi marta BMT IHK rezolyutsiyasi qabul qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining birinchi rezolyutsiyasi qabul qilindi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor pandemiyalar davrida yoshlar huquqlari bo‘yicha BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi rezolyutsiyasi loyihasi qabul qilindi. Hujjatning qabul qilinishini BMTning IHKga a’zo barcha 47 ta davlat bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Dunyoning 37 mamlakati hammualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ilk bor 2020 yil oktyabr oyida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga uch yillik muddatga (2021-2023) saylangan edi. Mamlakatimiz uchun 169 ta davlat ovoz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing