O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari sezilarli ko‘paydi
Jamiyat
−
08 may 2021
8138Joriy yil 1 may holati bo‘yicha, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 34 mlrd 191 million dollarni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan oyga nisbatan 1 mlrd 515 mln dollarga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank saytida ma’lumot berilgan.
Oltin-valyuta zaxiralarining keskin oshishiga oltin narxi unsiyasi uchun 1685,35 dollargacha pasayishidan keyin, 1830 dollargacha qimmatlashini sabab sifatida keltirish mumkin. Shuningdek, o‘tgan bir oy davomida zaxiradagi monetar oltin hajmi 0,3 million troya unsiyasiga (9,33 tonna) oshganini ham kuzatishimiz mumkin.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Xorijiy valyuta aktivlari ham o‘tgan davr mobaynida 75 million dollarga oshgan. Respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 may holatida oltin 20,7 mlrd dollarni, xorij valyuta aktivlari esa 13,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, 1 unsiya 31,1 grammga to‘g‘ri keladi.
LiveBarchasi