O‘zbekiston oltin sotishni ko‘paytirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 34 mlrd 737,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, 8 mlrd 893,8 mln AQSH dollariga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,4 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkichdan eksport hajmi 14 mlrd 812,9 mln AQSH dollariga (o‘sish sur’ati – 43,3 foiz) va import hajmi esa 19 mlrd 924,8 mln AQSH dollariga (o‘sish sur’ati – 28,5 foiz) yetdi.

Eksportning to‘rtdan bir qismidan ortig‘i oltin hisobiga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,6 baravarga oshirdi.

2019 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 4,04 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,3 foizni tashkil etdi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin eksport import

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing