O‘zbekiston oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egalladi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2022
8887O‘zbekiston Markaziy banki yil boshidan eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlar qatorida dunyo bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi. Birgina avgust oyida mamlakat oltin zaxiralarini 9 tonnaga oshirgan.
2022 yilning 8 oyida eng ko‘p oltinni Turkiya Markaziy banki sotib olgan – 84 tonna. Avgust oyida Turkiya ham 9 tonna oltin sotib olgan.
Sakkiz oyda tilla sotib olish bo‘yicha yetakchilar qatoriga Misr (40 tonnadan ortiq), Iroq (30 tonnadan ortiq) va Hindiston (20 tonnadan ortiq), O‘zbekiston (19 tonna) va Qatar (16 tonna) ham bor.
Yil boshidan beri eng ko‘p oltin sotish bo‘yicha Qozog‘iston (28 tonna) mutlaq yetakchi bo‘lgan. Shuningdek Filippin, Germaniya, Rossiya va Mo‘g‘uliston ham oltin sotgan.
LiveBarchasi