O‘zbekiston Niderlandiyaga yutqazdi
Sport
−
01:49 18506 1 daqiqa
Bugun, 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahsda Fabio Kannavaro shogirdlari 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Dastlab niderlandiyaliklar bir qator xavfli hujumlar tashkil qildi, biroq yevropaliklar bu vaziyatlardan foydalana olmadi. Shunga qaramay, 32-daqiqa Jahongir O‘rozovning qo‘polligidan so‘ng Niderlandiya penalti ishlab oldi va buni Kodi Gakpo golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘lim asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Igor Sergeyev gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yin tugashiga yaqin, 90+8-daqiqada Gakpo dublni rasmiylashtirdi. Shu tariqa Niderlandiya mundial oldidan o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, bu O‘zbekiston terma jamoasining Shimoliy Amerikadagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi. Bungacha terma jamoa joriy yilning 2 iyun kuni Kanadaga qarshi ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgandi. Unda Fabio Kannavaro shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Bu Niderlandiya terma jamoasi uchun ham mundial oldidan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ldi. Bungacha niderlandlar joriy yilning 3 iyun kuni Jazoir terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni qo‘ldan boy bergan edi.
Live
Barchasi