O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 4 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy hay’at a’zolari, Diniy idora rahbariyati, ulamolar, mutaxassislar va mudarrislar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon domla Inomov boshqa ishga o‘tganligi sababli, uning o‘rniga Toshkent shahridagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin Hamroqulov rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan raisning Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Toshkent islom instituti rektori vazifasida ishlagan Uyg‘un G‘ofurov tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing