O‘zbekiston muftiysi Nazarboyev bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Nur-Sulton shahrida Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Bu haqda Birinchi Prezidentning rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Nuriddin Xoliqnazarovdan tashqari Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi Zamir Rakiyev, Rossiya musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Damir Muhitdinov ham ishtirok etgan. 

“Qozog‘iston Birinchi Prezidenti suhbatdoshlariga ishlaridan ortib, poytaxtdagi yangi masjidning ochilish marosimida qatnashgani uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Nur-Sulton shahrida Markaziy Osiyodagi eng katta masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani, unda muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ham ishtirok etib, nutq so‘zlagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing