O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ogohlantiradi!

Jamiyat

image

26 mart kunidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar shayligini nazoratdan o‘tkazish maqsadida to‘satdan tekshiruv boshlandi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Shu sababli Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga kiruvchi – Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatlarining avtomobil yo‘llarida 27, 28 va 29 mart kunlari harbiy texnikalardan iborat kolonnalarning harakatlanishi kutilmoqda.

"O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati mamlakatimiz fuqarolaridan og‘ir yuk mashinalari va jangovar texnikalardan iborat kolonnalarning avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishi vaqtida ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida harakatlanadigan kolonnalarga xalaqit bermaslikni, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talablarini so‘zsiz bajarishlarini so‘raydi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing