O‘zbekiston MTJning Urugvayga qarshi qaydnomasi ma’lum bo‘ldi  

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ushbu o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston MTJ joriy yilning 13 oktyabr kuni navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Kengaytirilgan tarkibdan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan. Jumladan, 3 nafar darvozabon, 8 nafar himoyachi, 9 nafar yarim himoyachi va 3 nafar hujumchi tarkibga jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Quvaytga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 2-0 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

MTJ O'zbekiston Urugvay qaydnoma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing