O‘zbekiston MTJning oktyabr yig‘ini uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Quvayt va Urugvay terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu FIFA kunlari uchun qaydnomani e’lon qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston MTJ joriy yilning 6 oktyabr kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Kengaytirilgan tarkibdan 27 nafar futbolchi o‘rin olgan. Jumladan, 3 nafar darvozabon, 9 nafar himoyachi, 12 nafar yarim himoyachi va 3 nafar hujumchi tarkibga jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9 oktyabr kuni “Olimpiya” stadionida Quvayt terma jamoasi bilan, 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

MTJ O'zbekiston qaydnoma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing