O‘zbekiston MTJ jiddiy tintuv qilindi (video)
Sport
−
10:16 12041 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan mahalliy politsiya tomonidan jiddiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Bugun, 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvda Fabio Kannavaro shogirdlari 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Manbaga ko‘ra, o‘yin oldidan stadionga yetib kelgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi metall detektorlar va xizmat itlari tomonidan jiddiy tekshirilgan. Nashr tomonidan e’lon qilingan videoda bu holatdan futbolchilar va murabbiylar shtabi ham ajablanganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, ushbu terma jamoalar ishtirokidagi asosiy bahsda yevropaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Dastlab niderlandiyaliklar 32-daqiqada Jahongir O‘rozovning qo‘polligidan so‘ng, penalti ishlab oldi va buni Kodi Gakpo golga aylantirdi.
Ikkinchi bo‘lim asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan, 90+2-daqiqada Igor Sergeyev gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yin tugashiga yaqin, 90+8-daqiqada Gakpo dublni rasmiylashtirib, jamoasining g‘alabasini ta’minlagandi.
Terma jamoalar ishtirokidagi ikkinchi nazorat bahsida esa O‘zbekiston niderlandlarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Live
Barchasi