O‘zbekiston mobil internet bo‘yicha reytingda quyi o‘rinni egalladi

Texnologiya

image

Speedtest.net internet-servisi 2022 yilning aprel oyi yakunlariga ko‘ra, internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda dunyodagi davlatlarning mobil va simli internet tezligi taqqoslab chiqilgan.

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 142 davlat ichida 120-o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatda internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 13,67 Mb/s, yuklash tezligi esa 7,31 Mb/s ni tashkil qilgan. 

Simli internet borasida O‘zbekiston  181 davlat orasida 84-o‘rinni egallagan. Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 39,76 Mb/s, yuklash tezligi esa 40,32 Mb/s ga teng.

Qayd etilishicha, mobil internet tezligi bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Norvegiya va Janubiy Koreya, simli internet tezligi bo‘yicha Singapur, Chili, Tailand va Gong Kong yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

826

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing