O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi
Sport
−
24 Sentabr 2021
63566Kecha, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasida viloyatlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilishda tashkilotga yangi vitse-prezident saylandi. Bu haqda Otabek Umarov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin vakillaridan biri, 93 kg vazn toifasida WTKF chempioni, yakkakurash sport turlarida ko‘p karra O‘zbekiston, Osiyo va Jahon chempioni, Buxorodagi “Amir Temur” klubi hamda ATF Championship promousheni asoschisi hisoblangan Muzaffar Rajabov nomzodlar orasida bir ovozdan ushbu lavozimga munosib, deb topildi.
Shu tariqa Muzaffar Rajabov O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Qo‘l jangi federatsiyasi Buxoro viloyat bo‘limining raisi lavozimida faoliyat olib boradi.
Ma’lumot uchun, MMA assotsiatsiyasining avvalgi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev joriy yil 19 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgandi.
LiveBarchasi