O‘zbekiston masjidlarida hayit namozi o‘qildi (foto)
Jamiyat
−
13 may 2021 9163 1 daqiqa
Muborak Ramazon oyi yakunlanib, bugun, 13 may kuni erta tongda O‘zbekistonning 2 mingdan ortiq masjidlarida hayit namozi o‘qildi.
Masjidlarga tutash ko‘chalar vaqtincha yopilib, karantin qoidalari asosida ochiq havoda namozxonlar uchun joylar tashkil qilindi. Nomozga shoshilgan o‘zbekistonliklar uchun masjidlarga kirish joylarida bepul niqoblar tarqatildi. Hayit namozidan oldingi amru-ma’ruflarda Ramazon hayitini munosib nishonlash, bu kunni ulug‘ bayram sifatida yaxshi kayfiyatda o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, imom-xatiblar barchani ushbu ulug‘ bayram bilan qutlab, Yaratganga shukronalar aytdi. Bundan tashqari, hayit bayrami fazilatlari xususida ma’ruza qilindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili koronavirus pandemiyasi sabab Ramazon hayit namozlari uyda o‘qilgan edi.







Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust