O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi asosiy maqsadi nima? So‘z Safoyevga
Jamiyat
−
27 noyabr 2021
6163O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “Euronews”ga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga saylanganidan so‘ng, mamlakatning Markaziy Osiyo mintaqasidagi kelgusi rejalari haqida fikr bildirdi.
“Bir necha yillar avval Markaziy Osiyo mintaqasi strategik noaniqlik zonasi, deb hisoblangandi. Bugun biz uning istiqbollariga katta ishonch bilan qarashimiz mumkin. Toshkentning mintaqaviy siyosatining asosiy maqsadi – Marqaziy Osiyoni barqarorlik va stabil rivojlanish hududiga aylantirish”, deydi Safoyev.
Senat raisining birinchi o‘rinbosariga ko‘ra, bunda birinchi navbatda ortib borayotgan ekologik muammolarga e’tibor qaratiladi.
“Markaziy Osiyoda global isish darajasi jahonga nisbatan ikki baravarga ko‘p. O‘sib borayotgan suv manbalari taqchilligi o‘tkir muammodir. Orol dengizining qurishi ekologik falokatning epitsentriga aylandi. Hamma zamonlarda ham Markaziy Osiyo yagona, tabiiy, iqlimiy majmua bo‘lgan. Prezident Mirzyoyev aytganidek, “Yashil diplomatiya” ustuvor vazifaga aylanishi kerak”, deydi Safoyev.
LiveBarchasi