O‘zbekiston Maldivni yirik hisobda mag‘lub etdi. Shomurodovda xet-trik
Sport
−
11 iyun 2022
15501Bugun, 11 iyun kuni Namagandagi "Navbahor" markaziy stadionida futbol bo‘yicha Osiyo kubogining sarlash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Maldiv termasi bilan o‘zaro bahslashdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o‘bekistonliklar o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga oldi. Bu harakatlar 2-daqiqadayoq o‘z samarasini berdi va Eldor Shomurodov tomonidan hisob ochildi. Shundan so‘ng ham "oq bo‘rilar" tashabbusni raqibga berib qo‘ymadi. Biroq birinchi taymda Shomurodovning goli yagonaligicha qoldi.
Ikkinchi bo‘lim ham kutilganidek o‘zbekistoniklarning hujumi bilan boshlandi. 51-daqiqaga kelib, Shomurodov dublni rasmiylashtirdi. Bahsning 80-daqiqasida esa Eldor xet-trik qayd etdi. Oston O‘runov bahsning 86-daqiqasida tablodagi hisobni 4:0 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, bundan oldingi bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shiri-Lanka termasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa o‘yinda boshqa hisob o‘garmagan va O‘zbekiston terma jamoasi ishonchli g‘alabaga erishgandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi