O‘zbekiston Maxachqal’aga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Jamiyat
−
19 fevral 2022
4306O‘zbekiston diniy turizmni rivojlantirish maqsadida 2022 yil bahorida Maxachqal’aga (Dog‘iston) muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsuli Rustam Qo‘rg‘onboyev ma’lum qilgan.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro manfaatdorlik hamda almashinuv bo‘lishi kerak, toki o‘zbeklar sizga, siz esa bizga keling. Buning uchun davlat aviakompaniyasi bahorda Maxachqal’aga reys yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Barchani tashrif buyurishga taklif qilamiz. Samarqandni, Buxoroni, Xivani ko‘ring - bular 3 ming yillik tarixga ega buyuk shaharlar, haqiqiy sharqona ertak”, deydi Qo‘rg‘onboyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aviaqatnovlarning ochilishi birinchi navbatda diniy turizmni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Diplomat O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha Prezidentning ko‘rsatmasi borligini aytib, Rossiyadagi Boshqirdiston, Tatariston respublikalari va Shimoliy Kavkaz viloyatida musulmonlar borligini ta’kidlagan.
“O‘tgan yili biz Checheniston va Ingushetiyadan ham vakillar bo‘lgan Dog‘istonda ziyorat turizmi taqdimotlarini o‘tkazdik. Grozniy ham reysni yo‘lga qo‘ymoqchi, endi ular yangi aeroport qurmoqda”, deya qo‘shimcha qildi bosh konsul.
Aytish joizki, joriy yil yanvar oyi boshida Maxachqal’a aeroporti Matbuot xizmati 20 yanvar kuni Dog‘istondan Buxoroga birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani haqida ma’lum qilgan.
“O‘zbekiston talabgir yo‘nalish hisoblanadi. Maxachqal’a aeroportidan Buxoroga samolyotlarning o‘rtacha 80 foiz qismi to‘ladi, qarama-qarshi yo‘nalishda esa 90 foizga yaqinni tashkil etadi”, degan Maxachqal’a aeroporti Matbuot xizmati rahbari Sapura Magomedova.
LiveBarchasi