O‘zbekiston mahsulotlarining Saudiya Arabistoniga eksport hajmi oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Saudiya Arabistoniga eksport hajmi oshadi. Bu haqda O‘zbekiston elchixonasi xodimlarining Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi Mintaqaviy va xalqaro aloqalar direktori Xalil al-Afra bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Unda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Saudiya Arabistoni bozoriga eksport qilish, ikki davlat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini jadallashtirish va tashriflar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingan.

Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat Savdo sanoat palatalari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish masalalariga e’tibor qaratdi.

Uchrashuv yakunida Saudiya Arabistoni Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi boshchiligida ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston eksport Saudiya Arabiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing