O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi boshlandi
Jamiyat
−
30 may 2023 6941 1 daqiqa
Bugun, 30 may kuni Tashkent city’dagi Congress Hall majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi boshlandi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar qatnashmoqda.

S’ezdda shu yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ishtiroki va saylovda partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilinmoqda.

S’ezdda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 12 may kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlagandi.
Live
Barchasi