O‘zbekiston koronavirusning yuqori cho‘qqisidan o‘tdi – Bahodir Yusupaliyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston koronavirus infeksiyasiga chalinish darajasi bo‘yicha eng yuqori cho‘qqidan o‘tgani aytildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston kasallikning cho‘qqisidan o‘tgan va vaziyat barqarorlashgan. Ammo bu kasallikning kuz-qish mavsumidagi o‘tkir respirator infeksiyalari bilan bog‘liq navbatdagi to‘lqini bo‘lmaydi degani emas. Shunday ekan, pandemiya bilan kurashga tayyorgarlikni oshirishda davom etish kerak.

Agentlik direktorining aytishicha, koronavirusning yuqishi havo haroratiga bog‘liq emas. O‘zbekistonda iyul va avgust oylarida ham kasallik yuqishi ko‘paygan. 

“O‘zbekistonda harorat yuqori paytda koronavirusni yuqtirish darajasi pasaymadi, aksincha iyulning oxiri, avgust oyi boshlarida kasallanish holatlari, jumladan, kasallikning og‘ir formasiga chalinish holatlari ko‘paydi. Statsionarlarlarga bo‘lgan bosim oshdi. Virusning tarqalish darajasi havo harorati bilan bog‘liq, deya olmayman”, dedi Bahodir Yusupaliyev.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

443

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing