O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun necha milliard dollar qarz olgani ochiqlandi

Jamiyat

2020 yilda O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun 1 milliard 75 million AQSH dollari miqdorida qarz olgan. Bu haqda Moliya vazirligi Davlat byudjeti departamenti direktori Sherzod Muhammedov QALAMPIR.UZ uyushtirgan “Corona marafoni” doirasida bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Ko‘pchilik fuqarolarimizni davlat qarzi qiziqtirishi tabiiy. Prezidentimizning 2020 yilning 19 martdagi 5969-sonli farmonini ko‘radigan bo‘lsak, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining manbasi sifatida 1 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy institutlar yoki xorijiy davlatlarning qarz mablag‘lari ko‘rsatilgan”, deydi Sherzod Muhammedov.

Moliya vazirligi vakiliga ko‘ra, o‘tgan 2020 yil davomida O‘zbekistonga 1 milliard 75 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar jalb qilingan.

“Ushbu summaning 375 million AQSH dollari Xalqaro valyuta jamg‘armasidan olingan bo‘lib, uning 125 millioni umumiy 10 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz jalb qilindi. Qolgan 250 million AQSH dollari esa 5 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan yillik 1,05 foiz miqdorida jalb qilindi”, deydi Sherzod Muhammedov.

Avvalroq O‘zbekiston pandemiya davrida xorijiy davlatlardan jami 19 million dollarlik beg‘araz yordamni qabul qilib olgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

527

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing