O‘zbekiston koronavirus bilan yana bir kunni ortda qoldirdi. Natijalar qanday?

Jamiyat

image

Bugun, 27 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 109 kishiga ortib, 40 447 (+109) nafarni tashkil etmoqda. Bugun jami 393 kishida koronavirus aniqlandi. 

Yangi 109 ta kasallanish holatlari: 
- 65 nafari Toshkent viloyatida; 

-26 nafari Toshkent shahrida;

- 14 nafari Samarqand viloyatida;

- 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Qarshi shahrida yashagan 50 yoshli B.X. (erkak) vafot etdi. Bugun vafot etganlar 5 kishini tashkil etmoqda. 

Shuningdek, bugun Toshkent shahrida 458 nafar, Toshkent viloyatida 126 nafar, Samarqand viloyatida 18 nafar, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 7 nafardan, Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 5 nafardan, Farg‘ona viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatida 2 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 37 200 (+638) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatda 2 949 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

687

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing