O‘zbekiston – KXDR: O‘zbeklar salkam 5 oy o‘ynamagan koreyslardan ustun kelmoqda
Sport
−
07 iyun 2019 3226 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida joylashgan “Milliy” stadionida O‘zbekiston terma jamoasi KXDR terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashmoqda.
Uchrashuvning birinchi taymida o‘zbek futbolchilari maydonda to‘la ustunlik bilan harakat qilishdi. Qolaversa, koreyalik futbolchilarning 140 kundan beri o‘yin amaliyotisiz qolayotganliklari ta’sir ko‘rsatdimi, sharqiy osiyoliklarning o‘yini umuman qovushmadi.
O‘zbekistonliklarning o‘yin davomida uyushtirgan hujumchilari taym yarmida o‘z samarasini berdi. Kutilmaganda koreyalik himoyachining to‘p yuqotishi markazdan tezkor hujum uyushtirilishiga olib keldi. To‘p bilan jarima maydoniga kirib borgan Doston Ibragimovni mehmonlar himoyachisi qo‘pollik bilan to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
O‘yinni boshqarib borayotgan hakam ikkilanmay 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Belgilangan penaltini O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov aniq amalga oshirgan holda hisobni ochdi. Shundan so‘ng goldan ruhlangan o‘zbekistonliklar bir qancha hujumlarni amalga oshirgan bo‘lishsa-da, hisob o‘zgarmadi. Hozircha O‘zbekiston – KXDR 1:0.
Live
Barchasi