O‘zbekiston kino va teatr san’ati og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti , mohir rejissyor va aktyor Bahodir Yo‘ldoshev 76 yoshida vafot etdi 

Bahodir Yo‘ldoshev uzoq davom etgan xastalikdan vafot etgan. 

Sermahsul ijodiy faoliyati davomida u “ Mehnat shuhrati”, “ El-yurt hurmati”, “ Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Marhum Bahodir Yo‘ldoshevni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi uning tug‘ilgan qishlog‘ida, Samarqand  viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi ota uyida o‘tkaziladi.

QALAMPIR.UZ tahririyati san’atkorning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2063

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing