O‘zbekistonga xorijdan eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsuloti kiryapti?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston joriy yilning yanvar-aprel oylarida import qilgan oziq-ovqat mahsulotlari reytingida bug‘doy yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati:

•    Bug‘doy – 281,4 mln. AQSH dollariga

•    Shakarqamish – 119,6 mln. AQSH dollariga

•    Margarin mahsulotlari – 113,3 mln. AQSH dollariga

•    Qoramol go‘shti – 66,5 mln. AQSH dollariga

•    Kartoshka – 46,8 mln. AQSH dollariga

•    O‘simlik yog‘i – 44,8 mln. AQSH dollariga

•    Kakao va shokolad – 39,4 mln. AQSH dollariga

•    Bug‘doy uni – 38,5 mln. AQSH dollariga

•    Sut mahsulotlari – 22,7 mln. AQSH dollariga

•    Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 22,6 mln. AQSH dollariga

•    Banan – 21,9 mln. AQSH dollariga

•    Parranda go‘shti – 17,4 mln. AQSH dollariga

•    Choy – 16,8 mln. AQSH dollariga

•    Makkajo‘xori – 15 mln. AQSH dollariga

•    Kofe – 11 mln. AQSH dollariga

•    Mandarin – 9,1 mln. AQSH dollariga

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

•    Qozog‘iston – 38,2 foiz;

•    Rossiya – 25,2 foiz;

•    Braziliya – 11,3 foiz;

•    Belarus – 4,4 foiz;

•    Pokiston – 3,5 foiz;

•    Boshqa davlatlar – 17,4 foiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing