O‘zbekiston xorijdagi ayrim mulklarini sotishni rejalashtiryapti

Jamiyat

image

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020 yil 1 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish, shu jumladan ularni sotish, ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Uch oy muddatda davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalar va tijorat banklarining asosiy faoliyatiga mos bo‘lmagan aktivlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ularni ommaviy savdolar orqali sotish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.

2021 yil 1 fevralga qadar, xorijiy tajribani o‘rgangan holda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatiga tashqi boshqaruvni joriy etish hamda ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo‘yicha ham takliflar ishlab chiqiladi.

Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:

•    muassasa sifatida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini;

•    filial ko‘rinishida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini;

•    davlat ulushi saqlab qolinadigan korxonalar ro‘yxatini;

•    tugatish yoki bankrotlik taomillarini qo‘llash tashabbusi bilan chiqiladigan istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini tasdiqlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

davlat ulushi

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing