O‘zbekiston Xitoydan olgan yangi “o‘yinchog‘i”ni sinab ko‘rdi (video)
Jamiyat
−
30 iyul 2019
10794Markaziy harbiy okrugiga qarashli O‘zbekistondagi birinchi raqamli “Kattaqo‘rg‘on” poligonida Xitoy Xalq Respublikasidan xarid qilingan artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mudofaa vazirligi va Markaziy harbiy okrug rahbariyati hamda artilleriya bo‘linmalari tomonidan 122 mm va 152 mmli “PL66-1” markali tasnifiga ko‘ra, oskolkali fugasli snaryad qo‘llanilgan. D-20 va D-30 artilleriya qurollaridan 20 donadan otilgan snaryadning kelgusida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibidagi artilleriya bo‘linmalari qurollari uchun o‘q-dori sifatida qo‘llash samaradorligi tekshirildi.
Hozirgi kunda artilleriya bo‘linmalarini yangi turdagi qurol-aslaha va o‘q-dorilar bilan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.
Shuningdek, artilleriya mutaxasisligi bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashda ustoz-shogird an’analari joriy qilinib, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmani oshirishda har bir dala o‘quv maydonida namunali “Eng ilg‘or artilleriya mutaxassisi yo‘lagi” barpo etildi.
Kecha, 29 iyul kunidagi Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan videoselektorda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov tomonidan “Kattaqo‘rg‘on” poligonidagi sinov natijalari sarhisob qilindi.
LiveBarchasi