O‘zbekiston xavfsizlik bo‘yicha Rossiya bilan maslahatlashuv o‘tkazadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya milliy xavfsizligi hamda Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlashning dolzarb muammolari ko‘rib chiqildi. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Muzokaralar yakunida Nikolay Patrushev va Viktor Mahmudov milliy va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya maslahatlashuvlarini o‘tkazishni nazarda tutuvchi 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan ikki davlat xavfsizlik kengashlari idoralari o‘rtasidagi hamkorlik rejasini imzoladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing