O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
02 fevral 2022
17111Bugun, 2 fevral kuni O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova 85 yoshida vafot etdi. Marhuma 1937 yilda mashhur san’atkor, raqs san’ati darg‘asi, O‘zbekiston xalq artisti Isaxor Oqilov oilasida dunyoga kelgan.
Raqqosa sifatidagi faoliyati davomida “Zang”, “Larzon”, “Shodlik”, “Xorazm lazgisi”, “Pomir raqsi”, “Afg‘oncha”, “Dilrabo”, “Shodiyona” kabi ko‘plab raqslarni mahorat bilan ijro etib, mutaxassislar va o‘zbek xalqi e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Viloyat Oqilova baletmeyster sifatida “Chorzarb”, “Samandariy”, “Buxoro to‘lqini”, “Tanovor 2”, “Surnay lazgisi”, “Mavrigi” kabi qator raqslarni sahnalashtirib, o‘ziga xos maktab yarata olgan san’at darg‘alaridan biri edi.
LiveBarchasi