O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
13 Sentabr 2021
20189Bugun, 13 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘lmas Rasulov 1951 yilning 12 yanvarida Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. Bastakor sifatida O‘lmas Rasulov “Harorat jonima”, “Tun va tong”, “Yetilibdur”, “Rahmatimdur” kabi 50 dan ortiq kuy va ashulalar yaratgan.
O‘zbek milliy musiqa san’ati rivoji va targ‘ibotiga qo‘shgan hissalari uchun O‘lmas Rasulov 1993 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, 2005 yilda esa “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
LiveBarchasi