O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Ergashev vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Shuhrat Ergashev vafot etdi. Bu haqda kinorejissyor Ulug‘bek Yo‘ldoshev xabar berdi.

Shuhrat Ibrohimovich Ergashev 1945 yilda Toshkentda tug‘ilgan. U lift zavodida montajchi bo‘lib ishlagan. Keyinroq Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan (1968).

O‘qishni tugatgach, Toshkent davlat akademik rus drama teatrida aktyor sifatida bir qator qiziqarli obrazlarni yaratgan.

1970 yildan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida ish boshlagan. U kino aktyori sifatida Elyor Ishmuhammedovning “Noziklik” (1966) filmida debyut qilgan.

Faoliyati davomida o‘ttizdan ortiq filmlarda rol o‘ynagan: “Dilorom” (Moni), “Qo‘mondonning qaytishi” (Mauser), “U yolg‘iz emasdi” (Akbarov), “Qora konsulning o‘limi” (Jamol Ubaydulla), “Semurg‘” (Sherzod), “Bu yaxshi yigit” (Timur), “Men senga shahar beraman” (haydovchi), “Uchrashuvlar va ajralishlar” (Shuhrat), “Shumbola” (kinochi), “Ilk yo‘lovchilar” (Akbarov) va shular jumlasidan.

1989 yilda Shuhrat Ergashevga O‘zbekiston Xalq artisti unvoni berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

404

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing