O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova vafot etdi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Bugun, 22 mart kuni O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 83 yoshida vafot etdi.

Aktrisa 1939 yil 21 aprelda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tug‘ilgan. O‘z faoliyatini 1959 yildan Muqumiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida boshlagan.

Maryam Ixtiyorova o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida ko‘plab spektakl va filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, u turli radio eshittirishlar va hajviy teleko‘rsatuvlarda ham muntazam qatnashgan.

Marhuma o‘zining ko‘p yillik faoliyati orqali “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 1997 yilda “O‘zbekiston xalq artisti” kabi unvonlar hamda 2016 yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. 

Maryam Ixtiyorova 1963 yilda Baxtiyor Ixtiyorovga turmushga chiqqan. Ulardan ikki o‘g‘il va bir qiz farzand dunyoga kelgan. 

Maryam Ixtiyorova 2007 yilda Elyorjon ismli kichik o‘g‘lidan ayrilgan. Ushbu yo‘qotishdan so‘ng aktrisa infarkga uchrab, bir necha oy shifoxonada davolangan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning kuzida Baxtiyor Ixtiyorov vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Maryam Ixtiyorova

Baholaganlar

1149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar