O‘zbekiston xalqaro transport yo‘lagiga qo‘shildi
Olam
−
05 aprel 2019
4412Kecha, 4 aprel kuni Olma-ota shahrida Qozog‘iston, Xitoy, Eron, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘l ma’muriyatlari vakillarining umumiy xalqaro transport yo‘lagida yuk tashishni yanada rivojlantirish masalasi bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘li” Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Eron - Xitoy yo‘nalishiga qo‘shimcha yuklarni jalb qilish, 2019 yilga yuk konteynerlari uchun Xitoy - Qozog‘iston - O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron yo‘lagi bo‘yicha muntazam konteyner servislarini tashkil etish hamda tarif shartlarini belgilash masalalari muhokama qilindi. Joriy yilning aprel oyidan boshlab Oqtau - Olot yo‘nalishi bo‘yicha muntazam fider servisi ishga tushirilmoqda.
Muzokaralar vaqtida tashuvlarni ko‘paytirish uchun yuklarning o‘z vaqtida yetkazilishi muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Xitoy - Qozog‘iston - Turkmaniston - Eron temir yo‘l yo‘lagiga qo‘shildi. Tomonlar ushbu yo‘nalish bo‘ylab konteyner tashuvlarida O‘zbekiston tomonining ishtiroki to‘g‘risidagi qarorni muvofiqlashtirib olishdi.
Shuningdek, tomonlar kompleks tarif stavkalari bo‘yicha kelishib oldi. Uchrashuv yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.
LiveBarchasi