O‘zbekiston Xalqaro armiya o‘yinlarida nechanchi o‘rinni egalladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston “ArMI – 2021” xalqaro o‘yinlarida jamoaviy bahsda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, dunyoning 11 mamlakati hududida o‘tkazilgan musobaqalarda 42 davlatning jami 277 ta jamoasi, boshqacha aytganda 5 000 dan ortiq harbiy xizmatchilari o‘zaro kuch sinashgan. Shunday qilib, 34 musobaqadan 30 tasining yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston jamoaviy bahsda ikkinchi o‘rinni egallagan. Rossiya birinchi, uchinchi o‘rinni esa Xitoy band qilgan. 

Xabarga ko‘ra, mazkur bellashuvlar davomida O‘zbekiston vakillari 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. VII Xalqaro armiya o‘yinlari joriy yilning 22 avgustidan 4 sentyabriga qadar bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

726

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing