O‘zbekiston kelasi yil qancha qarz olmoqchiligi ma’lum qilindi

Biznes

image

O‘zbekiston 2023 yilda 4,5 milliard dollar tashqi qarz jalb qilmoqchi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida ma’lum qildi.

Timur Ishmetovning aytishicha, olinadigan qarzning 2,5 milliard dollari davlat budjetini moliyalashtirish uchun sarflanadi. 

“O‘tgan yili tashqi qarzni yillik 4 milliard dollar olamiz deb reja qilgan edik. Lekin pandemiya boshlandi. Shu sababli qarz miqdorini 5 milliard dollarga oshirishga to‘g‘ri keldi. Keyingi yili qarz olishni 4,5 milliard dollarga tushirishni reja qilganmiz. Byudjet taqchilligining eng yuqori ko‘rsatkichi 3 foiz bo‘lishi kerak. Bu defitsitni qoplash uchun tashqi qarz olishni ham kamaytiramiz degani. Kelasi yili olinadigan 4,5 milliard dollardan 2,5 milliard dollari budjetni moliyalashtirishga ishlatiladi”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Davlat qarzi qoldig‘i joriy yilning 1 iyul holatiga 26,0 mlrd AQSH dollarini yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 35,1 foizni tashkil etdi.Umumiy davlat qarzining 23,26 mlrd AQSH dollari tashqi qarz, 2,77 mlrd AQSH dollari esa ichki qarz hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing