O‘zbekiston kambag‘allik va ishsizlikka qarshi qanday kurashmoqchi? Mirziyoyev “qartalarni ochdi”
Jamiyat
−
15 noyabr 2021
12230Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kelgusi, 2022 yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida qanday chora-tadbirlar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida quyidagilar ta’kidlandi:
• oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion so‘m beriladi;
• paxta va g‘alladan bo‘shaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;
• meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi;
• aholi bandligini ta’minlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yo‘naltiriladi;
• aholi tomorqasida dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, tomorqasi bo‘lgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qo‘y va echki, kamida 5-10 ta kurka, 5 ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga ko‘maklashishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
LiveBarchasi