O‘zbekiston Qurolli kuchlarining sobiq bosh shtabi boshlig‘i vafot etdi
3-sahifa
−
26 iyun 12344 1 daqiqa
O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan general-polkovnik To‘lqin Qosimov vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qosimov To‘lqin Yo‘ldashevich 1962 yildan boshlab 2003 yilga qadar Qurolli Kuchlar safida xizmat qilib, harbiy okrug qo‘mondoni, mudofaa vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi boshlig‘i hamda Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Xizmati davomida I-II darajali “Shon-sharaf", "Qizil yulduz” va II-III darajali “Vatanga xizmati uchun” ordenlari hamda ko‘plab medallar bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etgandi.
Live
Barchasi