Jamoat arbobi Murtazo Sultonov vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi Murtazo Sultonov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Murtazo Sultonov 1937 yil 7 may kuni Toshkentda tavallud topgan. U Toshkent Temir yo‘l transporti institutini tamomlagan. Faoliyati davomida Respublika Vazirlar Mahkamasining qurilish va binokorlik sanoati materiallari bo‘limiga qurilish ishlari bo‘yicha referent vazifasida ham ishlagan.

Shuningdek, Murtazo Sultonov qariyb 20 yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.

Murtazo Sultonov O‘zbekiston muhandislar akademiyasi, Xalqaro Fanlar akademiyasi akademigi, Vazirlar Kengashi mukofoti laureati bo‘lgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi unvonlariga sazovor bo‘ldi.

Murtazo Sultonov O‘zbekiston arbitraj sudlari assotsiatsiyasining faxriy a’zosi edi.

Murtazo Sultonovning ikki qiz, ikki o‘g‘il farzandi bor.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Murtazo Sultonov

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar