O‘zbekiston Qozog‘istondan go‘sht va sut mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Qozog‘istondan go‘sht mahsulotlarini olib kirish bo‘yicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda. 

“O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2021 yil 19 martdan boshlab Qozog‘iston Respublikasidan tirik parrandalarni (shu jumladan, dekorativ qushlar) inkubatsiontuxum, patlar, parranda go‘shti, tuxum va boshqa turdagi parrandachilik mahsulotlari, shuningdek qushlarni saqlash, so‘yish va kesish uchun ishlatilgan uskunalarni olib kirish va tranzit qilish bo‘yicha ilgari kiritilgan vaqtinchalik cheklovlarni olib tashladi”, deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, tirik hayvonlar, xom go‘sht va undan olinadigan mahsulotlar, sut va sut mahsulotlarini (ishlov berilmagan) olib kirish va tranzit qilishda cheklovlar bekor qildi. Bundan tashqari, Qozog‘istonning Akmola viloyati va Chimkent shahridan genetik material, jun, soch, ichak xomashyosi, teri, shuningdek hayvonlarni saqlash va so‘yish uchun ishlatilgan uskunalarni olib kirishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati o‘tgan yil 25 sentyabrida kuydirgi kasalligi aniqlanganligi sababli Qozog‘istonning sut va go‘sht mahsulotlarini olib kirishga cheklovlar kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing