O‘zbekiston Qozog‘iston bilan raqobatlashadi – Finlyandiya Prezidenti
Jamiyat
−
31 Oktabr 2025 8971 2 daqiqa
Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubbning fikricha, Qozog‘iston va O‘zbekiston raqobatlashadi. Bu haqda u kecha, 30 oktyabr Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarga o‘qigan maruzasida so‘z ochdi.
“Davlatlar har doim raqobatlashadi. Misol uchun, Finlyandiya va Shvetsiya. Biz nafaqat xokkeyda, balki davlatlar sifatida ham raqobatlashamiz. Biz har doim barcha turli xalqaro o‘lchovlarda Shvetsiyadan yuqori o‘rinlarni egallashni xohlaymiz. Menimcha, Qozog‘iston va O‘zbekiston ham raqobatlashadi. Ha, men Bosh vazir o‘rinbosari bosh barmog‘ini ko‘targanini ko‘rdim, demak, bu aniq shunday degani. Raqobat – turli xil narsalar bo‘lishi mumkin. Bu texnologik raqobat bo‘lishi mumkin. Kimda eng yaxshi sun’iy intellekt bor? Kimda eng yaxshi robotlashtirish bor? Kimda eng yaxshi data-markazlari bor? Kim kvant hisoblashda yaxshi? Yoki bu resurslar raqobati bo‘lishi mumkin. Kimda eng yaxshi tabiiy resurslar bor? Muhim minerallar haqida nima deyish mumkin? Ularni qanday qazib olishimiz mumkin? Bundan qanday foyda olishimiz mumkin? Yoki raqobat, albatta, harbiy raqobat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sizning mudofaa xarajatlaringiz qancha? Sizning imkoniyatlaringiz qanday? Tahdidlarning oldini olish qobiliyatingiz qanday? Shunday qilib, raqobat har doim mavjud”, dedi Prezident Stubb.
Finlyandiya yetakchisining aytishicha, ko‘p yillar davomida reytingda yuqori o‘rinlarni egallab kelgan mamlakatlar biroz dangasa bo‘lib qoladi. Ular o‘zlari haqida juda ko‘p o‘ylashadi va to‘satdan boshqa davlatlarning ko‘tarilishini ko‘rishadi. U Finlyandiya iqtisodiyoti bu yil 1% dan 2% gacha o‘sishini, O‘zbekistonniki esa 6-7% gacha o‘sishini aytdi.
“Muammo shundaki, agar siz raqobatni jilovlamasangiz, u osongina mojaroga aylanishi mumkin. Mening fikrimcha, agar sizda raqobatni jilovlash uchun qoidalar, normalar va institutlar bo‘lmasa, siz mojaroga duch kelasiz. Sovuq urushdan keyin ishlar juda yaxshi edi.
Men mojaro bo‘lmagan deb aytmayapman. Ya’ni, sobiq Yugoslaviya yaxshi misol edi. Afrikada, Yaqin Sharqda ko‘plab mojarolar bo‘ldi. Men buni inkor etmayapman. Lekin asosiysi shundaki, biz deyarli fuqarolar urushi kabi mahalliy mojarolardan Isroil va Falastin yoki Rossiya-Ukraina kabi mintaqaviy mojarolarga o‘tdik. Biz kichik miqyosdagi mojarodan Isroil-Eron kabi kengroq miqyosdagi mojaroga o‘tdik.
Biz buni eng yomon darajaga, ya’ni u yoki bu tarzda global mojaroga o‘tmasligi uchun jilovlashga harakat qilishimiz kerak. Mening fikrimcha, hamkorlikni qilmasangiz, raqobat mojaroga aylanadi”, dedi Prezident.
Ma’lumot uchun, Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb 29 oktyabr – 1 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025