O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda cheklovlar o‘rnatdi
Jamiyat
−
14 yanvar 2022 11155 2 daqiqa
Ertaga, 15 yanvardan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan Davlat chegarasini kesib o‘tishi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Quyidagi toifadagi shaxslar bundan mustasno:
• havo orqali kiruvchi barcha toifadagi fuqarolar;
• o‘z vataniga qaytgan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari (keyingi o‘rinlarda Tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);
• hukumatlararo kurerlik aloqasi xodimlari;
• yuklarni xalqaro tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar;
• rasmiy (hukumat) delegatsiyalari tarkibida quyidagi shaxslar;
• diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari;
• Qozog‘iston Respublikasi hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi ob’ektlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Qozog‘iston Respublikasi ob’ektlariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;
• ushbu davlatlarda investitsiya loyihalari doirasida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston, shuningdek Qozog‘iston fuqarolari;
• O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Qozog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
• o‘qish maqsadida sayohat qilayotgan Tomonlar fuqarolari;
• Tomonlarning fuqarolari tibbiy maqsadlarda, og‘ir kasal bo‘lgan yaqin qarindoshlarini borib ko‘rish yoki yaqin qarindoshlarining dafn marosimida qatnashish maqsadida kelayotgan (ketayotgan);
• Vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini Qozog‘iston Respublikasi hududida va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida hamrohlik qiluvchi Tomonlar fuqarolari.
Live
Barchasi