O‘zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgan?
Bu qiziq
−
26 Sentabr 2021
11502Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 19,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 69,7 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 20 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 ming tonnaga kamaygan.
O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 29,2 ming tonna
- Rossiya – 19,2 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 10,2 ming tonna
- Ukraina – 4,9 ming tonna
- Latviya – 2,3 ming tonna
- Belarus – 1,3 ming tonna
- Tojikiston – 960,8 tonna
- Germaniya – 939,4 tonna
LiveBarchasi