O‘zbekiston qonun ustuvorligi reytingida 7 pog‘ona yuqoriladi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2022 4815 1 daqiqa
“World Justice Project” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan qonun ustuvorligi bo‘yicha dunyo reytingida O‘zbekiston 78-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili mamlakat reytingda 85-o‘rinni band qilgandi.
O‘zbekiston reytingda Hindiston (77-o‘rin) dan keyingi o‘rinni egallagan. Undan pastda Surinam (79-o‘rin) joy olgan. MDH davlatlari orasidan eng yuqori o‘rinni Qozog‘iston egallagan – 65-o‘rin. Shuningdek, Belarus – 99, Rossiya – 107, Qirg‘iziston – 100-o‘rinni egallagan. Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston va Ozarbayjon reytingga kiritilmagan.
Shuningdek, Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Niderlandiya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Lyuksemburg, Estoniya va Irlandiya mos ravishda reytingning eng yaxshi 10 taligiga kirgan. Oxirgi o‘rinlarni esa Venesuela (140-o‘rin), Kambodja (139) va Afg‘oniston (138) egallagan.
Ma’lumot uchun, ushbu reytingga 140 ta davlat kiritilgan.
Live
Barchasi