O‘zbekiston qiyin o‘yinda Shimoliy Koreyani mag‘lub etdi
Sport
−
19 noyabr
8555Bugun, 19 noyabr kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining Osiyo qit’asi 3-bosqich 6-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) bilan bahs olib borib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi
Uchrashuv davomida Srechko Katanets shogirdlarida qator imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa ham, yagona gol 44-daqiqada Abbosbek Fayzullayev tomonidan kiritildi. 21 yoshli futbolchining uzoqdan yo‘llagan zarbasi raqibga tegib, Shimoliy Koreya darvozasiga yo‘l oldi va uchrashuvda hisob ochildi.
83-daqiqada koreyaliklarning hujumlaridan birida o‘zbekistonlik himoyachi o‘z jarima maydonchasida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va hakam Umar Eshmurodovga qizil kartochka ko‘rsatib, O‘zbekiston darvozasiga penalti belgiladi. Raqib tepgan to‘pni O‘tkir Yusupov bartaraf etib, jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
G‘alaba orqali O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ochkolari sonini 13 taga yetkazib, guruhda 2-o‘rinni mustahkamlab oldi. 6 ta turdan beri g‘alaba qozona olmay kelayotgan KXDR esa 2 ochko bilan guruhda oxirgi o‘rinni band etgan.
Kvartetdagi navbatgi o‘yinlarda Qirg‘izison Eron bilan, BAA esa Qatar bilan kuch sinashadi. Qirg‘iziston-Eron bahsi 19:00 da, BAA-Qatar uchrashuvi esa 21:00 da boshlanadi.
LiveBarchasi