O‘zbekiston Qirg‘iziston Turkmanistondan sotib olgan energiyadan foydalanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qirg‘iziston Turkmanistondan sotib olgan elektr energiyasidan foydalanmoqda. Biroq, O‘zbekiston keyinroq ushbu energiyani qaytarib beradi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy energetika xoldingi boshqaruvi raisi Talaybek Bayg‘oziyev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, avvalroq elektr energiyasi importi bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Masalan, joriy yilda Turkmaniston bilan 1,3 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 

“Tranzitor – O‘zbekiston energetika tizimi bunday hajmlarni o‘tkazib yubora olmaydi. U yerda katta taqchillik bor. Ular bu elektr energiyasini olishadi, biroq bizga yetib bormaydi. Umuman olganda, ular o‘z zimmalariga majburiyat olganlar (elektr energiyasini qaytarish – tahr. )”, deydi Bayg‘oziyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy isitish mavsumida ushbu hajm olinsa, yetarli bo‘ladi. Bayg‘oziyevning ta’kidlashicha, “qo‘shnilarning ehtiyojlarini tushunish kerak” va energetiklar iste’molning eng yuqori soatlarida bir-biriga yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Talaybek Bayg'oziev

Baholaganlar

290

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar