O‘zbekiston Qirg‘iziston mineral suvining asosiy iste’molchisiga aylandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Qirg‘izistondan mineral suv import qiluvchi davlatlar orasida yetakchiga aylandi. Bu haqda “Sputnik” Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasiga tayanib, xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga Qirg‘izistondan 362 ming 88 litr shakarsiz mineral suv yetkazib berilgan.

Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston egalladi. Mamlakatga 360 ming litrdan ortiq mineral suv import qilingan. Shuningdek, Qirg‘izistondan Birlashgan Arab Amirliklari– 21 880 ming litr, Turkmaniston – 1150, Kanada – 140,8, Germaniya – 50, Shveysariya – 37,3, Irlandiya – 24,7 ming litr mineral suv import qilgan .

Qayd etilishicha, bu yil Qirg‘iziston jami 748,2 tonna shakarsiz mineral suv (169 ming dollar) eksport qildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi ikki baravarga ko‘paydi. 2020 yilda bu ko‘rsatgich atigi 383,7 ming litrni (deyarli 88 ming dollar) tashkil qilgandi.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing